"Inter" etakchisiga APL klublari "og‘iz solmoqda"
Milanning “Inter” klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Barellaga Premer-liganing top-klublari qiziqish bildirmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli iqtidor egasi uchun kurashda "Liverpul" eng faol, ammo "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan ham takliflar bo‘lgan. Ushbu klublar yarim himoyachiga yiliga 10 million evro maosh to‘lashga tayyor. Taqqoslash uchun, bu mablag‘ hozirda "Inter" to‘layotgan maoshdan ikki baravar ko‘p.
“Neradzurrilar” rahbariyati Barellani 80 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Nikolo yakunlangan 2022/23 yilgi mavsumda A Seriyada 35 ta o‘yinda raqib darvozasiga 6 ta gol urdi.

Fikrlar