
"Inter" futbolchisi ertaga "Lokomotiv" a’zosi sifatida tanishtiriladi
"Inter" himoyachisi Joau Mariu yangi mavsumni Moskvaning "Lokomotiv" klubi safida o‘tkazishi mumkin. Bu haqda "Sport-Ekspress" nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “temiryo‘lchilar” 26 yoshli futbolchini keyinchalik 18 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan 2,5 mln evro evaziga 1 yilga ijaraga olishmoqchi. Moskvaliklar ertaga, ya’ni 27 avgust kuni uning taqdimotini o‘tkazishadi.
Ma’lumot uchun, Mariu o‘tgan mavsum A Seriyada jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar