"Inter" futbolchisi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi
Milanning “Inter” klubi himoyachisi Joau Mariu faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
Salciomercato nashri tarqatgan xabar tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli portugaliyalik futbolchiga “Monako”dan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ta’kidlash kerakki, klublar ayni damda ushbu transfer masalasida o‘zaro muzokaralar olib borishmoqda. “Neradzurrilar” o‘z futbolchisini 18 mln evroga baholashmoqda. Mariuning transferi joriy haftaning o‘zidayoq rasmiylashtirilishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda Mariuga shuningdek “Sporting” va “Benfika” klublaridan ham qiziqishlar bor.
Fikrlar