"Inter" futbolchisi o‘zi tarbiya topgan klubga qaytishi mumkin
"Atalanta" klubi "Inter" yarim himoyachisi Roberto Galyardinini o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Quotidiano Sportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, bergamoliklar 26 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. "Neradzurrilar" esa uni 20 million evroga baholamoqda.
Ta’kidlash kerakki, Galyardini asli “Atalanta” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “Inter” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar