
"Inter" futbolchisini A Seriyaning boshqa bir klubiga sotmoqda
“Atalanta” klubi “Inter” hujumchisi Andrea Pinamonti bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, ushbu transfer bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda.
Hozirda "Inter" Pinamintoni qayta sotib olish variantini shartnomaga kiritish ustida ishlamoqda. U transfer qilingan kundan boshlab ikki yil davomida amal qilishi shart.
Qayd etish lozimki, Pinamontining o‘zi "Atalanta"ni tanladi, chunki u bosh murabbiy Jan Pero Gasperini bilan ishlashni juda xohlagan. Avvalroq, Andrea Italiya A Seriyasida debyut mavsumini o‘tkazadigan "Montsa"dan tushgan taklifni rad etgandi.
Fikrlar