
"Inter" Italiya terma jamoasi a’zosini tarkibga qo‘shib olishga yaqin turibdi
"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski faoliyatini Italiyaning boshqa bir grandi safida davom ettirishi mumkin.
Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Inter" italiyalik futbolchining transferi masalasida “keksa sinora”ga rasmiy taklif yuborgan. Ushbu transfer davralar oralig‘ida amalga oshirilishi mumkin. Sababi Bernandeskining "Yuve" bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Turinliklar Bernardeskiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor, faqat kamaytirilgan maosh bilan.
Federiko joriy mavsum “Yuventus” safida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar