
"Inter" "Liverpul" ko‘zlayotgan futbolchining narxini e’lon qildi
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachi Marselo Brozovichning transfer narxini pasaytirmoqchi emas.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "neradzurrilar" 27 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 60 mln evrolik tovon pulini talab qilishmoqda. Unga esa “Liverpul” asosiy da’vogar hisoblanadi. Ammo, mersisaydliklar hozirgi inqiroz davrida bir futbolchi uchun buncha mablag‘ to‘lay olishmaydi.
“Inter” ham o‘z navbatida Brozovichni tarkibda saqlab qolmoqchi va u bilan 2022 yilga qadar tuzilgan amaldagi kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar