"Inter" Lukakuning transferi masalasida rasmiy taklif tayyorlamoqda

  • 24 iyun, 2019, 13:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Milanning "Inter" klubi rahbariyati "Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukakuning transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Football Italia nashrining xabar berishicha "neradzurrilar" ayni damda 26 yoshli belgiyalik futbolchining transferi borasida “qizil iblislar”ga rasmiy taklif tayyorlashmoqda. Gap 60 mln evro haqida bormoqda. Biroq, milanliklarning ushbu taklifi katta ehtimol bilan rad etilishi kutilmoqda. Chunki, mankuanliklar uni 85 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Lukaku o‘tgan mavsum MYu safida 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 15ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!