Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Inter Mayami" KONKAKAF chempionlar kubogini tark etdi. Messidan assist, Alba qizil kartochka oldi

Izohlar: 0

"Inter Mayami" musobaqani chorak finalda yakunladi.

KONKAKAF chempionlar kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Monterrey" - "Inter Mayami" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchdi. 

Mezbonlarning uch goli Vaskez, Berterame va Galyardo nomiga qayd etildi. Mayamiliklarning yagona goliga esa Gomes mualliflik qildi. Qolaversa, 78-daqiqada Xordi Alba ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni erta tark etdi. 

Shu tariqa, "Inter Mayami" musobaqani chorak finalda yakunladi. Dastlabki bahsda ham meksikaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q