"Inter" muxlislari Lukakuni kechirmaydi!

  • 23 iyun, 2022, 17:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" muxlislari o‘tgan yozda "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Romelu Lukakuni kechirmasliklarini ochiq aytishdi.

Xabaringiz bor, so‘nggi paytlarda belgiyalik futbolchi Milan klubiga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Inter"ning Curva Nord muxlislar guruhi Lukakuga qarshi hech qanday adovati yo‘qligini, ammo endi u o‘z mehnati va mahorati bilan ishiqibozlar hurmatini qayta qozonishi kerak.

“Ko‘pchilik uni qo‘llab-quvvatlagan va qiroldek muomala qilgan. Endi esa u boshqalar bilan bir xil”, — deyiladi Curva Nord bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!