
"Inter" "Napoli" maydonida ochko yo‘qotdi
Italiya A Seriyasining 31-turi doirasidagi "Napoli" - "Inter" bellashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda jamoalar 1:1 hisobini qayd etib, murosa ko‘chasini tanladi.
Birinchi taymda Samir Xandanovich o‘z darvozasiga avtogol urib qo‘ydi va "Napoli" hisobda oldinga chiqib oldi. 55-daqiqada Kristian Eriksen gol urib, muvozanatni tikladi.
Bir ochkodan bo‘lishib olgan jamoalar o‘z pog‘onalarida qoladigan bo‘ldi. "Neradzurrilar" 75 ochko bilan 1-o‘rinda bo‘lsa, "Napoli" 60 ochko bilan 5-pog‘onada ketmoqda.
Fikrlar