
"Inter" o‘z yulduzini 100 mlnga qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi
"Chelsi" joriy transfer bozorida hujum chizig‘ini kuchaytirishga jiddiy harakat qilmoqchi.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabariga ko‘ra, londonliklar "Inter" futbolchisi Romelu Lukakuni sotib olishni rejalashtirmoqda. Klub rahbariyati belgiyalik forvard uchun 100 million evro bermoqchi.
Qo‘shimchasiga, bu transferga himoyachi Markos Alonso ham qo‘shilishi kutilmoqda. Ammo "nerradzurrilar" o‘z futbolchisini qo‘yib yubormasligi mumkin. "Chelsi" taklif etgan narx Milan klubini qoniqtirmayapti.
28 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsum klub safida 44 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 30 gol va 10 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar