
"Inter" Rimda mag‘lub bo‘ldi
A Seriya 8-turidan o‘rin olgan "Latsio" - "Inter" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda "burgutlar amaldagi Italiya chempionini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Perishich penaltidan unumli foydalanib, o‘yinda hisobni ochdi. 64-daqiqada Immobile ham 11 metrli nuqtadan gol urdi va muvozanatni tikladi. 81-daqiqada Felipe Anderson Rim klubining ikkinchi goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan vaqtda Milinkovich-Savich hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
"Latsio" bu turdagi g‘alaba tufayli A Seriya turnir jadvalida 14 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Neradzurri" hisobidagi 17 ochko o‘zgarmay qoldi va ular hozircha 3-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar