"Inter" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

Italiya chempionati 28-turi doirasida "Inter" "Parma" mehmoni bo‘ldi va qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Birinchi taymning 15-daqiqasida Jervino mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, biroq o‘yinning 84-daqiqasida de Vrey hisobni tenglashtirdi. 85-daqiqada esa Kutska qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Ikki daqiqadan so‘ng esa, Bastoni boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, "Inter"ga muhim uch ochko keltiruvchi gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!