«Inter» «Tottenxem» himoyachisi Jed Spensni olish bo‘yicha muzokara boshladi
«Inter» (Milan) «Tottenxem Hotspur» tarkibida to‘p surib kelayotgan o‘ng qanot himoyachisi Jed Spensni o‘z safiga qo‘shib olish yo‘lida jiddiy qadam qo‘ydi, deb xabar bermoqda TEAMtalk. Manbaga ko‘ra, italyalik klub vakillari 25 yoshli futbolchi bilan rasmiy muzokaralarni boshlab yuborgan.
London jamoasining yangi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi klub rahbariyatiga Spensni uzoq muddatli rejalariga kiritmayotganini ochiq bildirgan. Shu bois himoyachi atrofida transfer intrigasi kuchaygan. Unga Angliya Premier-ligasining bir qator klublari — «Liverpul», «Nyukasl Yunayted» va «Everton» ham qiziqish bildirmoqda. Bu jamoalar vaziyat rivojini yaqinidan kuzatib borayotgan bo‘lsa-da, faol harakatni birinchi bo‘lib aynan «Inter» boshlagani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsumda Jed Spens barcha musobaqalar doirasida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar