"Inter" va "Liverpul" Kёrtis Jons transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

  • 28.05.2026 00:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter” sport direktori Piero Auzilio hamda “Liverpul” vakili Richard Hyuz Monte-Karloda uchrashib, yarim himoyachi Kyurtis Jonsning ehtimoliy transferini muhokama qildi.

Insayder Janluka Di Martsiо ma'lumotiga koʻra, angliyalik futbolchi qishdan buyon milanliklar qiziqish doirasida boʻlib kelmoqda. Klublar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqadan keyin transfer ehtimoli ancha oshgan.

Hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan, ammo har ikki klub ham bitim amalga oshishidan manfaatdor.

Manbaga koʻra, tomonlar bahosida 10 million evrolik farq bor. “Liverpul” 25 yoshli futbolchi uchun 30 million yevro va keyingi transferdan foiz talab qilmoqda. “Inter” esa 20 million yevro atrofidagi taklifda turibdi.

Kyurtis Jons oʻtgan mavsum APLda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Yarim himoyachi asosan zahiradan maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!