“Inter” yulduziga yangi jamoa topildi

  • 03.06.2021 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Chililik futbol yulduzi Aleksis Sanches faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. “Inter” tarkibida Italiya chempioni bo‘lgan hujumchiga “Sevilya” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Sevilya” kelasi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashadi va shuning uchun tajribali hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.

Sanchesning milanliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi va u yiliga 7 million evro maosh oladi. Aynan uning maoshi kattaligi iqtisodiy tomondan qiyin ahvolda bo‘lgan “Inter”ni hujumchini sotib yuborishga majbur qilmoqda.

32 yoshli Sanches yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 38 ta uchrashuv o‘tkazib, ettita gol urdi va sakkizta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!