“Inter”da katta o‘zgarish yuz beradi

  • 20.01.2021 16:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Inter” joriy yilning mart oyida rasmiy nomi va logotipini o‘zgartiradi.

Ayni paytda klubning nomi “Football Club Internazionale Milano” tarzida rasmiylashtirilgan. Endi bu nom “Inter Milano” ko‘rinishida o‘zgartiriladi. Klub rahbariyati jamoa va shahar nomini yonma-yon qo‘llashni reja qilmoqda. Shu bois, klubning yangi nomiga ishlanadigan logotipda ham urg‘u “I” va “M” harflariga qaratiladi.

Hozirgi nom va logotip dizayni 1908 yilda klub asoschisi tomonidan tasdiqlangan. Rebrending klub 113 yillik yubileyini nishonlaydigan 9 mart kuni amalga oshiriladi.

“Inter” klubi shu paytgacha 18 bor Italiya chempioni, etti marta Italiya kubogi sohibi, besh karra Superkubok g‘olibi bo‘lgan. Milanliklar Evropa chempionlar ligasida uch marotaba bosh sovringa ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!