"Inter"dan haydalgan futbolchi muhtoj oilalarga kurerlik qilmoqda

"Kalyari"da ijara asosida to‘p surayotgan "Inter" futbolchisi Raja Naingolan koronavirus pandemiyasi sababli muhtoj oilalarga oziq-ovqat etkazib berish xayriyasida ishtirok etmoqda. Manbaning xabar qilishicha, Naingolan bir guruh ko‘ngillilar jamoasi bilan pandemiya sabab ishini yo‘qotgan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zmoqda.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli futbolchi kalyariliklar safida ushbu mavsumda jami 21 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!