"Inter"ning 6-futbolchisida virus aniqlandi

  • 11.10.2020 16:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter"ning navbatdagi futbolchisida koronavirus aniqlandi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha, bu safar virus himoyachi Eshli Yangdan chiqqan.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 10 oktyabr kuni “neradzurrilar” qarorgohida test o‘tkazilgan. Natijalar esa, angliyalik futbolchida virus borligini ko‘rsatgan. Endi 35 yoshli Yang ikki haftalik karantinga olinadi.

Eshli Yang koronavirusga chalingan “Inter”ning 6-futbolchisiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!