"Inter"ning sobiq bosh murabbiyi yangi mavsumda "Milan"ni boshqarishi mumkin

  • 08.05.2019 22:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi "Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperiniga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Corierre dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 61 yoshli italiyalik mutaxassisni mavsumlar oralig‘ida o‘z tarkibiga jalb etishmoqchi. Biroq, “Atalanta” Chempionlar ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritsa, “Milan”ning bu rejasi amalga oshmay qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Atalanta” ayni damda A Seriyada 62 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Gasperini 2011 yilda "Milan"ning printsipial raqibi hisoblangan "Inter"ni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!