Inyaki Uilyams Ispaniya Superkubogi haqidagi so‘zlariga izoh berdi

  • 07.01.2026 01:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Atletik" hujumchisi Inyaki Uilyams Ispaniya Superkubogining Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi haqida aytgan gaplaridan keyin o‘z pozitsiyasini tushuntirib berdi.

Avvalroq futbolchi quyidagicha fikr bildirgan edi: "Saudiya Arabistonida o‘ynash, yumshoq aytganda, yoqimsiz. Milliy musobaqalarning xorijda o‘tkazilishi muxlislar uchun qiyinchilik tug‘diradi — go‘yo maydonga safarda chiqqanimizdek bo‘ladi".

— Balki ishlatgan so‘zim eng to‘g‘risi emasdir, baribir murabbiyda bunday vaziyatlarda ko‘proq tajriba bor. U jurnalistlar oldiga chiqishdan oldin men bilan gaplashdi va vaziyatni yumshatishga harakat qilishini aytdi — shunday ham bo‘ldi. Ehtimol, so‘zlarim unchalik o‘rinli bo‘lmagan, ammo men bundan afsuslanmayman.

Men doimo klub va eng avvalo muxlislarimiz uchun foyda qidirman. Shu voqealarga qarab, ba'zan ochiq gapirganda ham ehtiyotkorroq bo‘lish kerakligini tushunasaan. Ha, ishlatgan so‘zim eng to‘g‘risi emas edi, ammo bu muammo avvalo muxlislarimiz uchun, qolaversa, hamma uchun noqulaylik tug‘dirayotgan rost.

Men gapirganda ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yishim mumkin, chunki rostgo‘y bo‘lishga harakat qilaman. Balki shakl to‘g‘ri tanlanmagan, ammo bu holat barchamiz uchun haqiqatan ham noqulaylik yaratadi, — dedi Uilyams.

Erta "Atletik" Ispaniya Superkubogining yarim finalida "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 00:00'da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!