Iordaniya terma jamoasiga qarshi o‘ynagan "Zenit" etakchi futbolchisidan ayrildi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hujumchisi Malkom jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Braziliyalik futbolchi Iordaniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida jarohat olgan va ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olingan. U tez orada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning jarohati qay darajada ekani ma’lum bo‘ladi.
23 yoshli Malkom joriy mavsum “Zenit” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar