Iqtidorlu vunderkind Angliyani emas, Portugaliya terma jamoasini tanladi

  • 09.04.2026 10:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum autsayderi “Vulverxempton” hujumchisi Mateush Mane xalqaro faoliyatini Portugaliya terma jamoasi bilan bog‘lashga qaror qildi.

“Vulverxempton” bu mavsumni juda omadsiz o‘tkazmoqda va allaqachon Premyer-ligadan tushib ketishiga ko‘nikkan, ammo Manening o‘yini “bўrilar” uchun kam sonli yoqimli jihatlardan biri bo‘lib qolmoqda.

18 yoshli Mane Premyer-ligada 20 o‘yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi hamda, xabarlarga ko‘ra, o‘z o‘yini bilan Angliyaning yirik klublari e’tiborini tortgan.

Amo Mane uchun transfer kurashi hali oldinda bo‘lsa-da, qaysi terma jamoa sharafini himoya qilishi masalasi allaqachon hal bo‘lgan.

Mane Portugaliyada tug‘ilgan, ammo 8 yoshidan beri Angliyada yashaydi va u xalqaro maydonda U-18 darajasida Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Biroq so‘nggi xalqaro tanaffusda Mateush ilk bor Portugaliya U-21 yoshlar terma jamoasiga chaqirildi va bu bejiz emas.

Mane Portugaliya safida Ozarbayjon va Shotlandiya yoshlar jamoalariga qarshi o‘ynadi, uning keyingi maqsadi esa kattalar terma jamoasiga yo‘l olishdir.

Jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qilishicha, Mane bir necha oy davomida Portugaliya futbol federatsiyasi bilan muzokaralar olib borgan va yakunda xalqaro maydonda Portugaliya sharafini himoya qilishga rozi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!