Iraola: "Liverpul" ikki futbolchi bilan shartnoma tuzdi, lekin yana ko‘proq transfer kerak"

  • 13.07.2026 15:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpool"ning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoaning transfer siyosati haqida fikr bildirdi.

Yozgi transfer oynasida "qizillar" tarkibiga 20 yoshli markaziy himoyachi Jeremi Jake va 22 yoshli yarim himoyachi-vinger Viktor Munyos qo‘shildi. Biroq klubning bozorga faoliyati shu bilan cheklanmasligi aytilmoqda.

"Hozircha ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladik, lekin bizga yana kuchayish kerakligini yaxshi bilamiz. Klub transferlar ustida ishlayapti. Albatta, murabbiy sifatida barcha yangi futbolchilar jamoaga birinchi kundanoq qo‘shilishini istardim, lekin amalda bunday bo‘lmasligini tushunamiz. Shuning uchun yangi kelishuvlar ustida jiddiy mehnat qilyapmiz", – deya Andoni Iraolaning so‘zlarini Anfield Sector keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Andoni Iraola yoz boshida ishdan bo‘shatilgan Arne Slot o‘rniga "Liverpool" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!