Iroq bosh murabbiyi: "Eron, Yaponiya va Janubiy Koreya jamoalarini alohida e’tirof etgan bo‘lardim"

  • 10 mart, 2023, 11:35
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich o‘yinlari yakuniga etdi. Ertaga chorak final bahslariga start beriladi. Bellashuvlar oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Iroq jamoasi bosh murabbiyi Emad Muhammad ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Bu bosqichda raqiblar oson bo‘lmasligi aniq. Bizni jiddiy sinov kutib turibdi. Eron termasini hurmat qilaman. Sababi, u erda to‘p tepishga muvaffaq bo‘lganman. 

Guruhda og‘ir bahslarni o‘tkazdik. Bu biz uchun yakuniy bosqich bo‘lmaydi, degan umiddaman. Eron, Yaponiya va Janubiy Koreya jamoalarini alohida e’tirof etgan bo‘lardim. 

E’tiborimizni ertangi o‘yinga qaratamiz. Bilaman, xatolarimiz bor. Ularni to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Lekin shuni aytib o‘tmoqchimanki, raqibda ham muammolar yo‘q emas. Har qanday terma mukammal harakat qila olmaydi. Bu futbol qonuni. 

Eron bilan qo‘shni mamlakat hisoblanamiz. Ularga qarshi har qanday o‘yin derbi maqomida bo‘lib o‘tadi, desam ham xato bo‘lmaydi. Ko‘p tomondan ikki termada o‘xshashlik kuzatilishi tabiiy. Futbol uslubi, futbolchilarning alohida harakatlari va yana boshqa ko‘plab jabhalarda bir xillikni ko‘rish mumkin", - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!