
Isak "Liverpul" futbolchisi sifatida ilk intervyusini berdi
"Liverpul" "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isakni 125 million funt evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Shvetsiyalik forvard rasmiy imzodan so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
"O‘zimni ajoyib his qilyapman. Bu uzoq yo‘l bo‘ldi, ammo bu jamoaning, bu klubning va uning barcha qadriyatlarining bir qismi bo‘lishdan juda xursandman. Bundan faxrlanaman va ishga kirishishni sabrsizlik bilan kutyapman.
Hammasi tugaganidan, endi ishga qayta olishimdan baxtiyorman. Jamoadoshlarim va muxlislar bilan uchrashish, maydonga qaytishni intizorlik bilan kutyapman.
Men jamoaga ko‘p narsa berolaman deb o‘ylayman, o‘zim ustida ishlashim kerak bo‘lgan jihatlar ham bor. Men hujumchi sifatida asosan gol urmoqchiman, lekin faqat shu emas — har tomonlama foyda keltirishni istayman.
Men hammasini yutishni xohlayman. Ha, aynan shunday", — deya ta’rif berib o‘tdi mersisaydliklarning yangi hujumchisi.
Fikrlar