Isak "Nyukasl" ixtiyoriga qaytdi

  • 5 avgust, 00:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shvetsiya terma jamoasi va "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak dushanba kuni ertalab jamoa bazasiga qaytdi. 25 yoshli futbolchi kichik jarohatdan tiklanish jarayonida uch yarim soat davomida individual mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda "Sky Sports" jurnalisti Kit Dauni xabar berdi.

Tecno

Avvalroq Isak "Nyukasl" joylashuvini tark etgan va ma’lum vaqt davomida o‘zining sobiq klubi — "Real Sosedad" bazasida mashg‘ulot olib borgandi.

Bu holat ortidan "Liverpul"ga ehtimoliy transfer borasidagi mish-mishlar yanada kuchaydi. Avvalgi xabarlarga ko‘ra, mersesaydliklar Isak uchun yangi taklif yuborishi mumkin. Bu jarayon "Nyukasl" yangi hujumchi bilan shartnoma imzolagandan so‘ng amalga oshishi kutilmoqda. 

Bu yangi forvard esa "Leyptsig" hujumchisi Sheshko bo‘lmoqda. Ayrim manbalar sloveniyalik hujumchi uchun "Manchester Yunayted"ni ham ortda qoldirib, futbolchini ilib ketayotganini ham yozayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!