Isko «Barselona»da, bu hazilmi?

  • 30 noyabr, 2018, 13:59
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniyalik yarim himoyachi yangi tayinlangan bosh murabbiy – Santyago Solari qo‘li ostida ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti. Uning Chempionlar Ligasida “Roma”ga qarshi uchrashuvda butunlay o‘yin qaydnomasidan tushib qolishi tez orada Iskoning transferi amalga oshib qolishi mumkinligini anglatadi.

«Real Madrid» «Roma»ni 2-0 hisobida yutgan o‘yinda Iskoning «Santyago Bernabeu»dagi kelajagi ispan nashrlari tomonidan bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan eng yirik voqeaga aylandi.

26 yoshli futbolchi La Liganing eng iqtidorli va eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. Ammo u yangi bosh murabbiy qo‘li ostida hali birorta o‘yinda maydonga tushmay kelmoqda.

Dastlab murabbiy Iskoni intizomiy sabablar tufayli chetlatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo Solari bu holatni taktika deb atadi.

«Iskoning chetlatilishi maxsus payt uchun qabul qilingan maxsus qaror. Murabbiylar qaror qabul qilish uchun bor, men bu erda qaror qabul qilaman», - degan Solari ushbu vaziyatga oydinlik kiritarkan.

«Qarorlar mustasno holatlardan tashqari qariyb sport nuqtayi-nazaridan bo‘ladi», - deya o‘z fikriga qo‘shimcha qilgan argentinalik mutaxassis.

Ba’zi xabarlarga ko‘ra, Solari Isko va jamoadoshi Sebalosni yuqori sport formasida ko‘rishni istamoqda.

Andalusiyalik futbolchi sentyabr oyida ko‘richak bo‘yicha amaliyotni boshidan kechirgandi va Lopetegining so‘nggi o‘yini «El Klassiko»da maydonga qaytgan edi.

Shuningdek, Luis Enrike madridliklar yarim himoyachisini xalqaro tanaffus paytida ikki marta imkoniyat bergandi. Solari qo‘li ostida esa La Liganing barcha uch o‘yinida zaxirada qoldirildi.

Voqealarning bunday rivoji turli xil ig‘volarni chiqarmoqda, ammo Isko yakunda nimani xohlaydi shu qiziq? Agarda u jamoani tark etishni xohlasa, qaerga borishi mumkin?

Iskoning transfer narxi va shartnomasi

Iskoning «qirollik klubi» bilan tuzgan shartnomasi tufayli klub o‘zini har qanday ehtimoliy transferdan sug‘urtalab olgan. 2017-yil sentyabrida uzoq muzokaralardan keyin futbolchi klub bilan 2022-yilgacha amal qiladigan va yiliga 6 million evro ishlab topadigan shartnomaga imzo qo‘ygan.

Shuningdek, shartnomada futbolchining tovon puli – 700 million evro sifatida aniq qilib belgilangan va bunday mablag‘ni dunyoning birorta jamoasi to‘lay olmasligi aniq. «Barselona»dan «PSJ»ga rekord pullar evaziga o‘tgan Neymarning narxi ham 222 million evroni tashkil qiladi. Iskoning tovon puli unikidan uch baravar ko‘p degani, lo‘nda qilib tushuntirganda.

Ammo Solari Isko bilan bunday munosabatda bo‘lishda davom etaversa, klub rahbariyati uni arzonroq narxda sotishga ko‘nishi mumkin.

Agarda Solari madridliklarni tushkunlikdan qutqarib qololsa, Iskoning tark etishi yan ortadi.

«Qirollik klubi» u uchun kamida 80 million evro talab qilishi aniq. Uning shartnomasi borligi va yorqin o‘yinlari hali oldinda ekanligini ro‘kach qilib Peres uning transferidan yaxshigina mablag‘ ishlab olishi mumkin.

Agarda unga «Manchester Siti» va «PSJ»dan qo‘ng‘iroq bo‘lsa, hech ikkilanib o‘tirmay bu mablag‘ni yanada oshirib olsa ajablanmaslik kerak.

Isko kimga kerak?

Evropaning bir qator grandlari Iskoning xizmatlariga qiziqishmoqda. Gvardiolaning «Manchester Siti»sidan tortib Sarrining «Chelsi»sigacha. «Arsenal», «Milan» va «Napoli»lar ham uning navbatdagi yo‘nalishi bo‘lishi mumkin.

Biroq italyan klublari 80 million evroni to‘lash imkoniyatlari yo‘qligi sabab Premer Liga vakillari Iskoni olib ketishi mumkin.

Isko va «Manchester Siti» transfer mish-mishi uzoq 2013-yilga borib taqaladi. O‘shanda uning «Malaga»dagi ustozi Pellegrini «Etihad»da faoliyat ko‘rsatardi va «Real»dan sobiq shogirdini olib kelishni istagandi.

Ammo uning Madriddagi taqdirini qora bulutlar qoplab olganidan keyin “Manchester” varianti yana o‘rtaga chiqishi mumkin. Gvardiola yozda jamoasi Iskoni sotib olmasligini ta’kidlagandi. Ammo murabbiylar jamoatchilikka boshqacha, shaxsiy munosabatlarda boshqacha gap gapirishadi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Pep ham boshqa murabbiylar kabi Iskoning «Santyago Bernabeu»dagi vaziyatini zimdan kuzatmoqda.

«Arsenal» bosh murabbiyi Unay Emeri esa Aaron Remziga o‘rinbosar sifatida aynan vatandoshini ko‘rmoqda. Remzi kelayotgan yanvar oyida yoki kelasi yil yozida klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Bir necha oylar oldin «Barseona» aftidan Isko uchun eng yaxshi klub bo‘lishi mumkindek edi. Pleymeykerning o‘yin uslubi kataloniyaliklarning futbol falsafasiga mos tushishi bunday gap-so‘zlarga sabab bo‘lgandi.

Ammo «Real» o‘ta iqtidorli ammo jamoada o‘z o‘rnini topa olmayotgan futbolchisini qo‘sh-qo‘llab «Barselona»ga sotishni mutlaqo istamaydi. Shu sababli uning «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishi nolga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!