Isko Chempionlar ligasi tarixiga noodatiy rekord bilan kirdi

  • 09.09.2026 07:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Betis» klubi yarim himoyachisi Isko seshanba kuni «Lill»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida maydonga tushib, musobaqa tarixiga kirdi. 

Futbol statistikasi bo‘yicha mutaxassis Aleksis Martin-Tamayo, keng jamoatchilikka mister Chip nomi bilan tanilgan jurnalistning ma’lum qilishicha, Isko Chempionlar ligasida bir mamlakatning beshta jamoasi sharafini himoya qilgan ilk futbolchiga aylandi.

Ispaniyalik futbolchi bu nufuzli turnirda «Valensiya», «Malaga», «Real», «Sevilya» va «Betis» tarkibida o‘ynashga ulgurgan.

Bundan avval bir qator futbolchilar bir mamlakatda to‘rtta turli klub safida Chempionlar ligasida maydonga tushgan edi. Ushbu ro‘yxatdan Ernan Krespo, Stefan Dalma, Xatem Ben-Arfa, Burak Yilmaz va Rahim Sterling o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, «Betis» safarda «Lill» ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!