
Iskoga Braziliya chempionatidan taklif bor
Ayni dam erkin agent bo‘lib turgan Isko Alarkon Braziliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Yarim himoyachiga "Flamengo" klubi qiziqish birldirmoqda. Bu haqda "UOL Esporte" nashri xabar berdi.
Ispaniyalik futbolchi qishki transferlar oynasida "Sevilya" bilan amaldagi shartnomani bekor qilib, jamoani tark etgandi. U keyinchalik "Union Berlin"ga o‘tishga yaqin keldi, lekin tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmadi. Iskoni "Everton"ga borishi haqida ham mish-mishlar bor edi.
Ma’lumot uchun, "Flamengo" o‘z chempionatida birinchi o‘rinda borayotgan klub hisoblanadi.
Fikrlar