
Iskoning "Real"dagi sarguzashtlari tugamoqda
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko qishki transfer vaqtida "Qirollik klubi"ni tark etishi kutilmoqda.
"Marca" nashrining yozishicha, ispaniyalik futbolchi uchun Evropaning 5ta grand klubi kurashmoqda. Iskoni "Yuventus", "Arsenal", "Sevilya", "Everton" va "Milan" jamoalari o‘z safida ko‘rmoqchi.
Transfermarkt poratli 28 yoshli xavbekni 20 million evroga baholamoqda. Joriy mavsum futbolchi 10ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar