
Islam Maxachev: Keyingi hafta chempionlik uchun jang qilishga tayyorman
Engil vazn toifasida UFC jangchisi Islam Maxachev Bobbi Grin ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin chempionlik uchun jang qilishga tayyor ekanligini aytdi.
"Keyingi hafta, navbatdagi shou doirasida chempionlik uchun jang qilishga tayyorman. Ammo chempionlik janggi Abu-Dabida bo‘lishini istayman, sababi qo‘llab-quvvatlash uchun barcha do‘stlarim kelishi kerak", - dedi rossiyalik sportchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, agar Rossiyaga berilgan sanktsiyalar amalga oshsa, sportchi AQShda jang qila olmaydi.
Fikrlar