Islom Mamatkazin: "Bunday fanatlar qarshisida to‘p surish faqat zavq keltiradi"

  • 1 aprel, 2024, 23:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” chempionatning 4-turida o‘z maydonida “Nasaf” bilan uchrashuvda 1:1 hisobida durang o‘ynaganidan xabaringiz bor. “Andijon” tarkibida iqtidorli himoyachi Islom Mamatkazin “Nasaf” darvozasini ishg‘ol qilib muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi. U ortda qolgan bellashuv borasida gapirdi.

Tecno

-  Dastlab "Nasaf"ga qarshi o‘yin haqida so‘ramoqchiman. Qanday taassurot qoldi?

- “Nasaf” bilan uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Maydonga faqat g‘alaba uchun tushgandik. Ammo durang natija bo‘ldi.

- Raqib darvozasini ishg‘ol qilgan paytingizda boshqacha xissiyotlar olamiga tushib qolganingizni ko‘rdim. O‘sha holatni qanday tasvirlaysiz?

- To‘g‘ri, boshqacha hissiyot bo‘ldi. Do‘stlarimni o‘yinga taklif qilgandim. Ular gol ursang biz tomonga qarab yugurgin deyishgandi. Qandaydir noodatiy hissiyotlar qamrab oldi. Do‘stlarim tomonga qarab yugurdim va ularga qarab golni nishonladim.

- Rosti, bu o‘yinda gol urish haqida o‘ylaganmidingiz?

- Ha, albatta.

- 4 ta uchrashuvda himoyachi bo‘lsangizda 2 ta gol urishni uddaladingiz. Bu nimadan dalolat?

- Standart vaziyatlarda barchamiz o‘z o‘rnimizda to‘g‘ri ishni bajarayotganimizdan dalolat. Ko‘proq standartlarga e’tibor qarayotganimiz bois bundan unumli foydalanishga harakat qilyapmiz.

- "Bobur Arena"dagi muhit haqida hamma gapiryapti. Siz qanday ta’rif berasiz?

- “Bobur Arena”dagi muhitga nima desa bo‘ladi? O‘yindan-o‘yinga tasvirlab bo‘lmaydigan darajada bo‘lyapti. Bunday fanatlar qarshisida to‘p surish faqat zavq keltiradi.

- Keyingi turda "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin bor. Raqib haqida nima deya olasiz va nima kutyapsiz?

- “Lokomotiv” ham kuchli raqib. Ular ham jangovar futbol o‘ynaydilar. Qiziqarli uchrashuv bo‘ladi, deb o‘ylayman. Muxlislarimizni xursand qilish uchun kurashamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!