Islom Maxachev: "Bu jang Zubayra Tuxugov uchun oson bo‘lmaydi!"
UFC sobiq chempioni Islom Maxachev yaqinlashib kelayotgan Artyom Lobov va Zubayra Tuxugov o‘rtasidagi jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Lobov strategiyaga ko‘p e’tibor bermaydi, u faqat jang qilish uchun oktagonga chiqadi. Rekordi 15-15 bo‘lishiga qaramay, u kurashdan qo‘rqmaydi. Artyomning yalang‘och qo‘l janglarini ko‘rib hayratlandim. Bu to‘qnashuv Tuxugov uchun oson bo‘lmasligi aniq. Biroq, o‘ylashimcha, Zubayra mazkur bahsga tayyor. Biz uch haftadan beri yaxshi mashg‘ulot olib boryapmiz. U yaxshi formada", - dedi dog‘istonlik MMA jangchisi.
Eslatib o‘tamiz, Artyom va Tuxugov to‘qnashuvi 3 oktyabr kuni BAAda o‘tkaziladi.
Fikrlar