Islom Maxachev: "Charlz Oliveyra Iliya Topuriyani muddatdan avval engishi mumkin, biroq..."

  • 26.06.2025 23:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC jangchisi Islom Maxachev gruziyalik Iliya Topuriya va braziliyalik Charlz Oliveyra o‘rtasidagi to‘qnashuv uchun o‘z prognozlarini bildirdi.

"Hammasi juda murakkab. Agar Charlz Topuriyani parterga torta olsa, uni muddatdan avval engishi mumkin. Biroq Iliyaning birgina kuchli zarbasi, braziliyalikni uxlatib qo‘yadi. Shu bois g‘olib nomini oldindan aytish qiyin. Menimcha, Charlzda imkoniyat kattaroq. U Dastin Pore, Maykl Chendler kabi jangchilar bilan ham yaxshi kurashgan. Ammo shunday bo‘lsa-da, men imkoniyatlarni 50/50 deb baholayman" - dedi Maxachev "MMA Junkie' nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya (16-0) va Oliveyra (35-10-1 N/C) o‘rtasidagi qarama-qarshilik 29 iyun (O‘zbekiston vaqti bilan) kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!