
Islom Maxachev dunyodagi eng kuchli jangchini kimligini aytdi. Bu Xabib, Konor yoki Jons Jons ham emas!
Engil vazn toifasida (70 kg) UFC chempioni Islom Maxachev dunyodagi eng kuchli MMA jangchisi kimligini aytdi.
“Men - dunyodagi eng yaxshi jangchiman. Tez orada barchasini yana bir bor isbotlayman. AQSh da Tsarukyanni qo‘llab-quvvatlovchi arman vakillari ko‘pmi, qiziq emas! Men Avstraliyada Volkanovski bilan, AQSh da esa Dastin Porega qarshi jang qildim. Oktagon eshiklari yopilganda, Tsarukyanga hech kim yordam berma olmaydi” - dedi dog‘istonlik matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan (22-3) va Maxachev (26-1) to‘qgnashuvi ertaga tongda (O‘zbekiston vaqti bilan) "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar