Islom Maxachev MakGregor – Chendler jangida favorit nomini aytdi

  • 22 may, 2024, 11:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev ikki divizionning sobiq chempioni Konor MakGregor(22-6) va Maykl Chendler(23-8)ning bo‘lajak jangdagi imkoniyatlarini baholadi.

Tecno

 "Konor Chendlerni birinchi raunddayoq nokautga uchratishi mumkin, ammo jang ikkinchi yoki uchinchi raundga qadar davom etsa, Maykl g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Chendler chidamlilik bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etsa bo‘lgani", – dedi Islom.

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik va amerikalik 29 iyun kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladigan "UFC 303" turnirining asosiy to‘qnashuvida jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!