
Islom Maxachev uchun ideal raqib kim? Taniqli murabbiy javob berdi
Taniqli murabbiy Xaver Mendes UFC chempioni Islom Maxachev uchun ideal raqib topdi.
“Agar Maxachev keyingi jangida Getjiga qarshi kurashsa, juda ham ajoyib bo‘lar edi. Islom hali Jastin bilan jang qilmagan. Amerikalik u uchun ideal raqib" — deya Mendesning so‘zlarini keltirmoqda "Red Corner MMA".
Eslatib o‘tamiz, Getji oxirgi jangida Rafael Fizievni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi.
Fikrlar