Islom Maxachev Xabib Nurmagomedovdan o‘zib ketdi!

  • 19.08.2026 22:00
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli murabbiy Xavyer Mendes MMA yulduzlari – Xabib Nurmagomedov va Islom Maxachevning qaysi biri katta yutuqlarga erishgani aytdi.

"Albatta, qalbimda Xabibga nisbatan alohida mehr bor. Lekin xolis bo'lish uchun Islomning rekordlariga qarashim kerak. U engil vaznda chempionlik kamarini to'rt marta himoya qildi, keyin esa ikki vazn toifasida chempionga aylandi. Janglar soni bo'yicha ham Xabibdan ko'proq tajriba to'pladi. Buni aytgim kelmasa-da, tan olishga to'g'ri kelyapti: Maxachev yutuqlar bo'yicha Xabibdan o'zib ketdi", — dedi Mendes.

Eslatib o'tamiz, Islom Maxachev oxirgi bor Ian Garri ga qarshi oktagonga ko'tarilib, yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi va yarim o'rta vazndagi ilk kamar himoyasini muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!