Islom Maxachev yarim o‘rta vaznda chempionlikni uzoq vaqt ushlab qololmaydi
MMA yulduzi Islom Maxachev irlandiyalik Ian Garridan oʻz kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan boʻlsa-da, ushbu jangdan yaxshiga jarohatlar oldi. Shundan kelib chiqib, taniqli sharhlovchi Jo Rogan rossiyalikning yarim oʻrta vazndagi kelajagini shubha ostiga olmoqda.
"Islom, qilishi kerak boʻlgan ishni bajardi, lekin ilgari unga hech kim bu darajada qattiq qarshilik koʻrsatmagan edi. Garchi Maxachev yetarlicha ustunlik bilan gʻalaba qozongan boʻlsa-da, gaborit jihatdan kattaroq yigitlarga qarshi ancha qiynalishi mumkin.
Masalan, bu yerda Maykl Morales kabi tabiiy gigant yigitlar bor. Ular bilan jangda nima boʻladi? Gabaritlardagi farq Ian Garri bilan bahsdan ham kattaroq boʻladi. Irlandning oktagondagi oʻnta gʻalabasidan faqat uchtasi muddatidan oldin qolga kiritilgandi. Morales esa hozir qoʻliga tushgan raqibni yoʻq qilmoqda. Shuningdek, bu divizionda Karlos Prates kabi "qotillar" ham bor. U shunchaki oldinga boradi va bir zarba bilan raqibni hushidan ketkazadi. Ian bunday jangchi emasdi. U hisob-kitobli va juda texnik zarba beruvchi yigit edi. Shuning uchun men Islomning oʻrnida boʻlganimda engil vaznga qaytgan boʻlardim", - dedi Rogan oʻz podkastida.
Maʼlumot uchun, "UFC 330" turniridagi gʻalabadan soʻng Maxachev navbatdagi raqibi braziliyalik nokautchi Karlos Prates boʻlishini istayotganini aytdi.

Fikrlar