
Ispaniya - Frantsiya: Jamoalarning yarim finalgacha bosib o‘tgan yo‘li bilan tanishing!
Bugun "Evro-2024"ning yarim finalidan o‘rin olgan Ispaniya - Frantsiya bahsi bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin oldidan jamoalarning turnirda bosib o‘tgan yo‘llari bilan tanishishingiz mumkin.
Ispaniya
Ispaniya "o‘lim guruhi", deb nomlangan Xorvatiya, Italiya va Albaniya bor guruhidan mag‘lubiyatsiz va o‘z davozasini daxlsizligini saqlagan holda birinchi o‘rin bilan pley-ffga yo‘l oldi. "Qizil furiya" Nimchorak finalda Gruziya bilan to‘qnash keldi va osonlik bilan zafar quchdi (4:1). Chorak finalda esa Germaniya bilan o‘yinda zaxiradan maydon tushgan Mikel Merino 119-daqiqada kiritgan goli evaziga Ispaniya g‘alabani ilib ketdi.
Frantsiya
Frantsiya guruh bosqichida Avstriya, Niderlandiya va Polsha bor guruhda 2-o‘rin bilan pley offga yo‘l oldi. Belgiyaga qarshi o‘yindagi Vertongenning avtogoli evaziga chorak finalga chiqdi. Ronaldu va Martines boshchiligidagi Portugaliyaga qarshi qiyin uchrashuvda penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. Barcha futbol ishqibozlari Dide Deshamning himoyaga e’tibor berayotgani va turnirda o‘yindan umuman gol urmagani muhlislarni ranjitmoqda.
Fikrlar