Ispaniya bosh murabbiyi va sardori O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?

  • 23 iyul, 2024, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqalarini O‘zbekiston – Ispaniya hamda Argentina – Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar boshlab beradi.

Tecno

Parij Olimpiadasi o‘zbekistonlik futbolchilar uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi. Chunki mamlakatimiz charm to‘p ustalari sakkizinchi urinishda ilk bor Olimpiya saralash turniridan muvaffaqiyatli o‘tib, to‘rt yillikning eng nufuzli sport anjumanida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

“S” guruhida joy olgan futbolchilarimizning ilk Olimpiadadagi dastlabki raqibi – “Tokio-2020” o‘yinlari finalchisi Ispaniya terma jamoasi bo‘ladi.

Ispan futboli vakillari yaqindagina Germaniyada tashkil etilgan Evropa chempionatida g‘olib chiqqani bu mamlakat terma jamoalariga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirib yubordi.

Parij Olimpiadasida qatnashayotgan Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Santi Deniya va jamoa etakchisi Abel Ruis O‘zbekiston terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan Ispaniya futbol federatsiyasi  rfef.es rasmiy saytiga intervyu berdi.

- Bu juda murakkab musobaqa, deyarli jahon chempionatidek, faqat kichikrok masshtablarda. Odatda, birinchi o‘yin doimo eng muhimi bo‘ladi va biz bor e’tiborimizni aynan mana uchrashuvga qaratganmiz.

Mening vazifam qisqa fursatlarda bir jamoa va oilani barpo etishdan iborat bo‘ladi.

Biz birinchi o‘yinga e’tibor qaratamiz va keyin orzularga berilsak bo‘ladi, - dedi Santi Deniya.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi anchadan beri Olimpiadalarda oltin medal qo‘lga kiritilmagani o‘zi uchun yangi chaqiruv ekani, maqsadga qadamba-qadam erishilishini ta’kidladi. Shuningdek, Santi Deniya yaqinda Evropa chempionatida g‘olib chiqqan Fermin Lopes va Aleks Baena terma jamoaga qo‘shilgani, ular muhim o‘yinchi ekani, ayni paytda yaxshi sport formasida va o‘zlarini baxtiyor his qilayotganliklarini aytdi.

Ispaniya futbol federatsiyasi saytiga terma jamoa sardori Abel Ruis ham o‘zbekistonliklar bilan bo‘ladigan o‘yin borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Olimpiadada ishtirok etish juda qiziqardi. Hozir hech qanday bosimni his qilayotganimiz yo‘q, lekin bu erga borimizni bergani keldik. Biz Ispaniya olimpiya terma jamoasi sharafini himoya qilayotganimizdan faxrlanamiz.

Birinchi o‘yinga katta ishtiyoq, buyuk maqsad bilan tayyorlanyapmiz va dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritishni istaymiz. O‘zbekiston – juda yaxshi jamoa, ular vazifamizni qiyinlashtirishi aniq. Uch ochko olish uchun borimizni bz foiz berishimizga to‘g‘ri keladi, - dedi Abel Ruis.

24 yoshli Abel Ruis “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyati davomida Portugaliyaning “Braga” klubida o‘ynagan. Yaqinda Ispaniya chempionati sovrindori “Jirona” bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi.

O‘zbekiston hamda Ispaniya o‘rtasidagi birinchi tur o‘yini 24 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da Parij shahridagi mashhur “Park de Prens” stadionida boshlanadi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Shomurodov va A Seriya bo‘yicha ma’lumot chiqardi

Fayzullaev xorijdan yaxshi takliflar oladi, agar...

“Parij-2024”: Shomurodov, Fayzullaev va Olimpiadaning eng mashhur yulduzlari!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
24/07/2024 01:45
Элдор ! Халқимиз сендан умидвор.Ўзбекистон юлдузлари олға !
Испан қироли, Амир Темурга бож тўлаб турган.
ишбобоев жума
23/07/2024 22:54
Биз йигитларимизга ишонамиз.Олга Узбекистон!!!