
Ispaniya finalda g‘alaba qozonsa, Mark Kukurelya bu ishni qilishga va’da berdi!
Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Mark Kukurelya Angliyaga qarshi bo‘ladigan Evropa chempionati final o‘yini oldidan va’da berdi.
“Agar biz g‘alaba qozonsak, sochlarimni qizil rangga bo‘yayman. Men final o‘yinida qizil soch bilan o‘ynay olmayman, shuning uchun buni hozir qilmadim. Ammo g‘alabadan so‘ng men buni albatta bajaraman”, - dedi qanot himoyachisi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
14 iyul, yakshanba kuni Berlindagi stadionda Ispaniya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida Evro-2024 finali bo‘lib o‘tadi. Turnirning hal qiluvchi bahsi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Uchrashuvning bosh hakami etib frantsiyalik Fransua Letekse tayinlandi.
Fikrlar