Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Yamal va Karvaxal o‘rtasidagi mojaro haqida gapirdi
Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lusan Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan "el-klasiko"dan so‘ng "Real" sardori Daniel Karvaxal va "Barselona" hujumchisi Lamin Yamal o‘rtasidagi mojaro haqida gapirdi. O‘yin 2:1 hisobida "qaymoqranglilar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Bu oson vaziyat emas edi, lekin jiddiy emas. Ikkala futbolchi ham jamoamiz uchun muhim, ikkalasi ham jahon futboli yulduzlari. Men bu epizodni terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente bilan muhokama qilishga ulgurmadim. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi", - deya Lusanning so‘zlarini keltirdi Mundo Deportivo nashri.
Avvalroq, Yamal Madrid klubini firibgarlik va shikoyat qilishda ayblagan edi. Karvaxal "Real" g‘alabasidan so‘ng "Barselona" futbolchisiga murojaat qilib, uni jim bo‘lishga chaqirdi. O‘yinchilar ijtimoiy tarmoqlarda bir-biridan obunani bekor qilishdi.
Fikrlar