Ispaniya hukumati Lamin Yamal va Falastin bayrog‘i bilan bog‘liq voqeaга munosabat berdi
Ali Ahmadxo’jayev
Ispaniya hukumat rahbari Pedro Sanches Kataloniya klubining chempionlik paradida Falastin bayrog‘i bilan ishtirok etgan "Barselona" qanot hujumchisi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. Parad 11 may, dushanba kuni La Liga - 2025/2026-yilgi mavsumda “ko‘k-anorranglilar”ning g‘alabasi sharafiga o‘tkazildi.
“Kimki davlat bayrog‘ini namoyish etishni nafrat qo‘zg‘atish deb hisoblasa, u yo aqldan ozgan, yoki o‘z sharmandaligidan ko‘r bo‘lgan. Lamin faqat millionlab ispanlar baham ko‘radigan Falastin bilan birdamligini bildirdi. Bu biz u bilan faxrlanishimiz kerak bo‘lgan yana bir sababdir",-deb yozdi amaldor X ijtimoiy tarmog‘ida.

Izohlar (0)