
Ispaniya kubogi. "Valensiya" o‘z maydonida "Las-Palmas"ga hech qanday imkon qoldirmadi
Italiyaning “Napoli” klubi belgiyalik hujumchi Dris Mertens bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmoqchi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.
Aytish lozimki, 30 yoshl futbolchining neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Unga ko‘ra esa Mertensning tovon puli 28 mln evro etib belgilangan. “Napoli” rahbariyati yangi kelishuvga ko‘ra ushbu tovon pulini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘z navbatida Mertens yillik maoshini 6 mln evroga qadar oshirishlarini talab qilmoqchi. Ayni damda uning maoshi yiliga 4,1 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Mertens joriy mavsum Italiya A Seriyasida jami 20ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 10ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar