Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi JCh-2026 finaliga chiqqach, o‘z fikrlarini bildirdi

  • 15.07.2026 02:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jahon chempionati-2026 yarim finalida Frantsiya ustidan qozonilgan ishonchli g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.

«Qizil furiya» raqibni ishonchli tarzda mag‘lub etib, jahon chempionati finaliga yo‘l olgan ilk jamoa bo‘ldi. O‘yindan so‘ng de la Fuente fransuz terma jamoasining salohiyatini alohida ta’kidlab, shogirdlarining irodasi va xarakteriga yuqori baho berdi.

«Bugun bizga dunyodagi eng kuchli terma jamoalardan biri qarshi turdi. To‘rt yil avval aynan shunday pallalar uchun bir jamoa bo‘lib jamlangandik. Va yana bir bor aytaman: bugun biz barcha boshqalardan bir qadam oldin borayotgan jamoani mag‘lub etdik», — dedi de la Fuente.

Ushbu g‘alaba tufayli Ispaniya jahon chempionati-2026 finaliga yo‘l oldi. Endi ispanlar hal qiluvchi bahsda ikkinchi yarim finalda o‘zaro to‘qnashadigan Angliya va Argentina terma jamoalari g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!