Ispaniyada eng ko‘p pulni kim olyapti?
Frantsiyaning L’Equipe nashri Ispaniya Primerasidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar reytingini tuzdi.
Ushbu roʻyxatning eng yuqorisida “Real”ning ikki hujumchisi — Kilian Mbappe va Vinisius Zhunior joy olgan.
Har ikki toʻpurar hisobiga har oyda soliqlardan oldin 2,67 million yevro oʻtkaziladi.
Ulardan keyingi oʻrinni “Qirollik klubi”ning boshqa vakili – keyingi paytda jamoaga deyarli yordamı tegmayotgan David Alaba egallab turibdi. Avstriyalik himoyachi hisobiga har oy 1,88 million yevro maosh tushadi.
“Barselona”ning 37 yoshli hujumchisi Robert Levandovskining oylik maoshi 1,73 million yevroni tashkil qilmoqda.
La Liga murabbiylari orasida eng koʻp maoshni Diego Simeone oladi. Madriddning “Atletiko” klubi argentinalik mutaxassisga har oy 2,17 million yevrodan pul oʻtkazib turadi.
Simeone asosiy raqib jamoalarni boshqarayotgan “Barsa” bosh murabbiyi Hans-Diter Flikdan (910 ming yevro) va “Real” ustozi Alvaro Arbeloadan (580 ming yevro) ancha koʻp pul topyapti.
Fikrlar