Ispaniyalik yulduz 45 yoshida futbol maydonlarida javlon urmoqda
Ispaniya milliy terma jamoasining sobiq oʻyinchisi Daniel Guisa 45 yoshida faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.
Tajriba markaziy hujumchi Ispaniya futbolida kuch jihatidan yettinchi ligada ishtirok etuvchi “Xeres Industrial” klubida toʻp tepadigan boʻldi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Dani oʻtgan mavsumni “Rotenya” jamoasida oʻtkazgan edi. Joriy mavsumning birinchi yarmida Guisa “Rayo Sanlukenyo”da oʻynadi. Endi chempionatning qolgan qismida oʻzini tarbiyalagan klubga yordam berishga keldi.
Guisa faoliyatini hali oʻtgan asrda — 1998 yilda boshlagan. U 2008 yilda Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni boʻlgan. Terma jamoada jami 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita toʻp kiritgan.
Faoliyatining asosiy qismini Ispaniyaning turli klublarida oʻtkazgan. Biroq faoliyati davomida legioner sifatida Malayziyaning “Johor”, Turkiyaning “Fenerbahçe” va Paragvayning “Serro Porteño” klublarida ham oʻynagan.
Fikrlar